Chet ellilar uchun SberKarta

  • Rossiya fuqarolarida bolgani kabi karta
  • xorijga pul yuborish va xizmatlar to‘lovlari uchun qulay
  • Agar ish haqi kartaga olinsa, xizmat ko‘rsatish 0 rubl.
Chet ellilar uchun SberKarta
Xizmat ko‘rsatish uchun 0 rubl
Agar ish haqini kartaga olsangiz, boshqacha – oyiga 150 rubl
Pul yechish uchun 0 rubl
Sberbank bankomatlarida kuniga 150 000 rubl komissiyasiz yeching
Chet elga pul o‘tkazish uchun 0–1%
Yaqinlaringizga past komissiyada pul yuboring
Xabarnoma uchun 99 ₽
Karta bo‘yicha operatsiyalar haqidagi hisobotlarni  telefonda oling.

Ilovada yaqinlaringizga pul o‘tkazing

Karta bilan siz qarindoshlaringiz va do‘stlaringizga CberBank Onlaynda1 ko‘plab xorij mamlakatlariga pul o‘tkazishingiz mumkin.

Patentni to‘lang

Kartani rasmiylashtiring va Sberbankning istalgan bankomati yoki ofisida patent uchun pul to‘lang. Eng tezrog’i – Sberbankning ilovasi yoki Sberbank Onlayn shaxsiy kabinetda.

SberSpasobo bonuslarini oling va sarflang

Karta orqali to‘lov uchun sizga bonuslar hisoblanadi2. Ularni dorixonalar, kiyim-kechak do‘konlari, kafelar va boshqalarda xaridlar narxining 99% gacha to‘lashlari mumkin. 1 bonus = 1 rubl

SberPraym+ obunasi bilan karta foydaliroq

Obuna bilan Siz quyidagilarni bajara olasiz3

  • Bank mijozlariga komissiyasiz pul o‘tkazish
  • Naqd pulni bepul yechib olish
  • Mobil aloqadan bepul foydalanish: 500 daqiqa va 5Gb. Yoki har qanday boshqa tarifga 40% chegirma olish

Sberbank Onlayn ilovasi – bu qulay

  • Rossiya bo‘yicha va chet elga yaqin insonlarga pul o‘tkazmalari
  • Patent,obil aloqa, uy-joy kommunal xo‘jaligi va boshqa xizmatlarni to‘lang
  • Sarflaringiz tarixini kuzatib boring
  • Omonatlarni oching, hisobdagi balansni teksiring

Kartani qanday olish kerak

  1. 1
    Buyurtmani rus tilida to‘ldiring
    Sizga faqat o‘z davlatingizning pasporti va Rossiya operatorining mobil telefoni kerak bo‘ladi.
  2. 2
    Karta tayyor bo‘lgani haqidagi SMS-ni kuting
    Karta tayyor bo‘lganda sizga xabar yuboramiz.
  3. 3
    Kartani bank ofisida oling
    O‘zingiz bilan kerakli hujjatlarni olib kelishni unutmang.

Обратите внимание

Заявку нужно заполнять на русском языке

Chet ellilar uchun gid

Bu erda barcha savollaingizga javob topasiz:

  • Ko‘chishni qanday rejalashtirish kerak
  • Qanday hujjatlarni rasmiyalashtirish kerak bo‘ladi
  • Qanday o‘rnashish va dam olishni qanday o‘tkazish

Rossiya ko‘chib borishni xohlaydigan, biroq nimadan boshlashni bilmaydigan yaqinlaringiz bilan gidni baham ko‘ring.

1 «CberBank Onlayn» veb-versiyasi va mobil ilovasidan Sberbankning «Mobil bank» SMS-xizmatiga ulangan karta egalari foydalanishlari mumkin. Internet-bank va «Sberbank Onlayn» ilovasini ishlatish uchun Internet tarmog’iga kirishga imkoniyat bo‘lishi kerak.  Axborot mahsulotiga nisbatan yoshga doir cheklovlar yo‘q. Internet-bank va «Sberbank Onlayn» mobil ilovasi to‘g’risidagi batafsil ma’lumotni bankning  saytida, bolinmalarida yoki 8 800 555 55 50 telefon raqamida aniqlashtirib oling. Sberbank OAK. Bank operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha Rossiya bankining 11.08.2015 yildagi Bosh litsenziyasi raqami 1481

2 Sberbank OAK (Bank operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha Rossiya bankining 11.08.2015 yildagi Bosh litsenziyasi raqami  1481) – SberSpasibo dasurin (Dastur) tashkilotchisi. Dastur 12.11.11-gacha amal qiladi. Dasturni amalga oshirishni Sberbank OAK topshirig’iga muvofiq «TsPL» AJ tomonidan amalga oshiriladi (OGRN: 1117746689840, Moskva sh., Dorogomilovo sh. munitsipial okrugining ichki hududi, Poklonnaya ko‘chasi, 3-uy, 3-qavat 120 xona). Dastur qoidalari, dasturda ro‘yxatdan o‘tish usullari, rag’batlar olish shartlari, SberMil bonuslarini hisoblash va uchirish, cheklovlar haqida ma’lumotlar bilan  batafsilroq https://spasibosberbank.ru/ va/yoki https://sberspasibo.ru/ saytida tanishishingiz mumkin. Mazkur materialda yozilgan atamalar  dastur qoidalarida belgilangan mazmunda qo‘llaniladi. Dastur tashkilotchisi  dastur qoidalariga, shu jumladan uni o‘tkazish rag’batlarni olishning muddatlari, soni va boshqa shartlari qismi bo‘yicha bir tomonlama tartibda o‘zgartish kiritishga haqli. Ommaviy oferta hisoblanmaydi.

3 Sberbank OAK ( keyingi o‘rinlarda – TP) taqdim etiladigan «SberPraym+»  tarif rejasi  -  ro‘yxati va taqdim etish shartlari (to‘lov hajmi va/yoki boshqa shartlar) ko‘rsatilgan  mahsulotlar/xizmatlar to‘plamining narxi. Narxining  miqdori, shartlari cheklovlar va  TP-ga ulanish  to‘g’risidagi shartlar . TP narxi oyiga 399 rublni yoki bir yilga 3990 rublni tashkil etadi, bir oyga/yilga abonent to‘lovi shaklida o‘rnatiladi  va TP-ga kiradigan barcha mahsulotlar va xizmatlarni  o‘z ichiga oladi, bunda mijoz kiritilgan barcha mahsulotlar/xizmatlarda foydalanishi shart emas.

TP-ga ulanishda mijozga SberPraym+ aksiyasida qatnashish doirasida  1 (bir) oy/yilga teng bo‘lgan SberPraym obunasining har bir davriga    SberPraym obunasi (keyingi o‘rinlarda – TP aksiyasi) narxinidan 100 (yuz) foiz miqdorda «TsPL» AK tomonidan taqdim etiladigan SberPraym (OGRN: 1117746689840,yuridik manzili, 121170,  Dorogomilovo sh. munitsipial okrugining ichki hududi, Poklonnaya ko‘chasi, 3-uy, 3-qavat 120 xona Moskva sh.,) obunasini rasmiylashtirish imkoniyati beriladi.  Rag’bat  TP SberPraym+ni uchirishgacha yoki ushbu voqealarning qaysi biri oldin kelishiga qarab TP Aksiyasining to‘xtatilishga qadar TP SberPraymga ulanish vaqtidan boshlab davr sifatida belgilanadigan TP aksiyasida qatnashganlik davriga beriladi. AP Aksiyasini o‘tkazishning umumiy muddati: 01.04.2021 yildan 31.03.2023 yigacha Moskva vaqti bilan . TP Aksiyalarining tashkilotchilari, uni o‘tkazish qoidalari, rag’batlarning soni, muddatlar,  ularni olish joyi va tartibi , cheklovlar to‘g’risida batafsilroq.  

SberPraym obunasi (Obuna) -  «TsPL» AJ xizmatlari (OGRN: 1117746689840,yuridik manzili, 121170,  Moskva sh., Dorogomilovo sh. munitsipial okrugining ichki hududi, Poklonnaya ko‘chasi, 3-uy, 3-qavat 120 xona ) jismoniy shaxslarga  maxsus shartlarda (maxsus narxda) SberPraym Obunasi sheriklari xizmatlarining majmuasini tashkil etish va ta’minlash, yoki SberPraym Obunasi sheriklarining noyob marketing aksiyalari doirasida olish mumkin bo‘lgan rag’bat. Obuna haqida batafsilroq  Oferta. Sheriklar ro‘yxati, xizmatlarni ko‘rsatish shartlari, cheklovlar.

Pullik
Agar 5000 ₽ gacha sarflasangiz
yoki 20000 ₽ gacha saqlasangiz
Bepul
Agar 5000 ₽ dan sarflasangiz
yoki 20000 ₽ dan saqlasangiz
Yaxshi bonuslar
Agar 20 000 ₽ dan sarflasangiz
yoki 40 000 ₽ dan saqlasangiz
Maksimal foyda
Agar 75 000 ₽ dan sarflasangiz
yoki 150 000 ₽ gacha saqlasangiz
Oyiga xizmat 150 ₽ Bepul Bepul Bepul
Karta bo’yicha bildirishnomalar,
oyiga
99 ₽ 99 ₽ 99 ₽ Bepul
Komissiyasiz bankomatlardagi naqd pul SberBankda SberBankda SberBankda Dunyo bo’ylab
Chet elga pul o’tkazmalari uchun komissiya O’tkazma miqdorining 1%. Minimal — 30 ₽, maksimal — 1000 ₽
Naqd pul olish bo’yicha cheklovlar Kuniga 50 000 ₽,
oyiga 500 000 ₽
Kuniga 150 000 ₽,
oyiga 1 500 000 ₽
Kuniga 300 000 ₽,
oyiga 3.000.000 ₽
Kuniga 500 000 ₽,
oyiga 5.000.000 ₽
Kafe va restoranlardagi yuqori bonuslar +5% +5%
Taksidagi yuqori bonuslar +5%
Yoqilg’i quyish shoxobchalaridagi yuqori bonuslar +10%

To’lov tizimlarining xususiyatlari

To’lov tizimi

VisaMastercardМИР
Kontaktsiz to’lovа
Telefon orqali to’lov
Qaysi valyutada ochish mumkin₽₽₽
Chet elda ishlatsa bo’ladimi
Amal qilish muddati5 yil5 yil5 yil

Bonuslarni hisoblash

SberBankdan xaridlar uchun bonuslarxarid summasidan 10%-gacha
Sheriklardan xaridlar uchun bonuslarxarid summasidan 30%

Boshqa xizmatlar narxi

Rejali qayta chiqarishbepul
Qoʻshimcha kartaga xizmat koʻrsatish va chiqarishbepul
Shaxsiy ma’lumotlar yoʻqolganda yoli oʻzgarganda qayta chiqarish150 ₽
Boshqa banklar bankomatlarida mablag’ koldig’ini tekshirishbitta soʻrov uchun 15 ₽
Bank bankomatida koʻchirma olish (oxirgi 10 operatsiyalar)bitta soʻrov uchun 15 ₽
Karta boʻyicha e-mail yoki bankdan koʻchirma olishbepul

Hujjatlar

Kartani ishlab chiqarish muddati
Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Nijniy Novgorod va boshqa yirik shaharlarda karta 2-3 ish kunida tayyor bo’ladi, viloyatlarda ishlab chiqarish va yetkazib berish 3 dan 10 ish kunigacha davom etadi. Uzoq joylarga yetkazib berish uchun 15 ish kunigacha ketishi mumkin. Aniq muddatlarni jadvalda topish mumkin.
Kartani olish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?
Kartani olish uchun o’zingiz bilan pasportingizni yoki kartaga ariza berganingizda ishlatilgan boshqa hujjatni, shuningdek Rossiya Federatsiyasida rasman qolish huquqini tasdiqlovchi har qanday hujjatni olib boring. Boshqa shaxsga kartani olish uchun sizga notarial tasdiqlangan ishonchnoma kerak.
Pul o’tkazmasi qanday amalga oshiriladi?
O’tkazma «Sberbank Onlayn» mobil ilovasi orqali debet kartalaridan rus rublida amalga oshiriladi. Mobil ilovadan foydalanish uchun siz «Mobil bank» SMS xizmatiga ulanishingiz va Internetga kirishingiz kerak. Batafsil ma’lumotni sberbank.ru veb-saytida yoki 8 800 555 55 50 raqamiga qo’ng’iroq qilib olishingiz mumkin.
MDH davlatlariga telefon raqami orqali qanday qilib pul o’tkazish mumkin?

O’tkazmani yuborish uchun Sberbank Onlayn ilovasini oching → «To’lovlar» → «Chet elga» → «Telefon raqami orqali kartaga/hisob raqamiga» → kerakli bankni tanlang → oluvchining telefon raqamini va miqdorni kiriting. Pul darhol oluvchiga tushadi.

Qayerga o’tkazish mumkin

Patentni qanday to’lash kerak?

Agar siz Moskvada bo’lsangiz, SberBank Onlayn ilovasini ochinga → asosiy ekranning yuqori qismida «Amallar» yorlig’ini toping → QR-kod belgisini bosing → kvitansiyadan kodni skaner qiling → patent uchun to’lovni amalga oshiring.

Agar siz Sankt-Peterburg, Moskva viloyati, Leningrad viloyati va Kareliya Respublikasida bo’lsangiz, SberBank Onlaynni oching → «To’lovlar» → «Davlat» → «Ish uchun patentlar» → hududni tanlang → ma’lumotlarni kiriting.

Patentni bank ofislarida, bankomat orqali, SberBank Onlayn shaxsiy kabinetida to’lash mumkin.

Qanday qilib kartamning rekvizitlarini bilsam bo’ladi?
Rekvizitlarni bilish uchun Sberbank Onlayn mobil ilovasida kerakli kartani toping va «Rekvizitlarni ko’rsatish» -ni bosing.

Boshqa usul: Sberbank Onlayn shaxsiy kabinetda «Kartalar» bo’limiga o’ting va kerakli kartani toping, so’ng «Karta ma’lumotlari» → «Bankning karta rekvizitlariga o’tkaziladigan tafsilotlari».
Kontaktsiz kartani ishlatish xavfsizmi?
Ha, karta xavfsiz. U har doim egasining qo’lida, shuning uchun uning ma’lumotlari firibgarlar uchun mavjud emas. Kartani taqdim qilmasdan va PIN-kodni kiritmasdan xaridlarni amalga oshirish ancha xavfsizroq, chunki hech kim karta ma’lumotlarini ko’rmaydi. Bundan tashqari, kontaktsiz texnologiya ikki marotaba to’lovlardan himoya qiladi — sotib olish uchun to’lov amalga oshirilgandan so’ng terminal ovozli signal chiqaradi va avtomatik ravishda o’chadi.
SberKarta boshqa kartalardan nimasi bilan farq qiladi?
SberKarta — bu sizning faolligingizga qarab turli xil afzalliklarni birlashtirgan SberBank debet kartasi. Har bir kalendar oyining oxirida har kuni qancha pul sarflaganingiz va qancha pul kartada qolganligi tahlil qilinadi.

Xarajatlarni hisoblashda istisnolar ro’yxatiga kirmaydigan xaridlar hisobga olinadi, ammo pul o’tkazmalari va naqd pullar hisobga olinmaydi. Kartaning narxi, xizmatlari va imtiyozlar shartlari SberKartadan qancha pul sarflashingiz va yig’ishingizga bog’liq.
Kartani chiqargandan keyin qanday shartlarni olaman?
SberKartani olgan zahotingizdan to keyingi oyning oxirigacha siz xizmat uchun pul to’lamaysiz, kafe va restoranlarda xaridlar uchun 5% bonus olasiz. Buning uchun «SberRahmat» dasturida ro’yxatdan o’tishingiz kerak. Barcha bildirishnomalar ham bepul — ulangan kundan boshlab dastlabki ikki oy ichida.
SberKarta xizmati uchun komissiyani qanday to’lamaslik mumkin?
Xizmat haqi komissiyasini to’lamaslik uchun SberKartadan oyiga 5000 ₽ dan sarflang yoki bir oy davomida kartaning kunlik minimal 20 000 rubl qoldig’ini saqlang. Agar siz SberBank kartangizga ish haqingizni olsangiz (tashkilotdan yoki yakka tartibdagi tadbirkordan), kelgusi oy xizmat bepul. Masalan, ish haqi aprel oyida kelib tushdi, demak siz SberKarta uchun may oyida to’lamaysiz.
SberKartadan ko’proq foyda olish uchun yana nimalar kerak?
Bepul xizmatni saqlab qolish, oshirilgan bonuslarni olish yoki mobil bank uchun komissiyani bekor qilish va uchinchi tomon bankomatlaridan naqd pul olish uchun siz ma’lum miqdordagi xaridlarni amalga oshirishni yoki karta balansini ma’lum darajada saqlashni tanlashingiz mumkin.
СПАСИБО bonuslarini olishni qanday boshlash mumkin?
Kartani olgandan so’ng, siz «Спасибо от Сбербанка» dasturida ro’yxatdan o’tishingiz kerak. Ro’yxatdan o’tishning eng oson yo’li: СПАСИБО 1234 matni bilan 900 raqamiga SMS-xabarni yuboring, bu yerda 1234 — bu karta raqamining so’nggi to’rtta raqami. Shuningdek, dasturda Sberbank Onlayn shaxsiy kabinetda va Sberbank bankomatlarida ro’yxatdan o’tishingiz mumkin — «Спасибо от Сбербанка» bo’limini toping va ko’rsatmalarga amal qiling.

Karta orqali to’lashda bonuslar avtomatik ravishda hisobga kelib tushadi — ularning soni imtiyozlar darajasiga bog’liq.
СПАСИБО bonuslarini qanday ishlatishim mumkin?
Hamkorlardan mahsulotlar va xizmatlarni sotib olishda СПАСИБО bonuslarini chegirma bilan almashtirish mumkin, hamkorlarning to’liq ro’yxati Dastur veb-saytida mavjud. Bundan tashqari, chiptalarni sotib olish va mehmonxonalarda yashash uchun СПАСИБО bonuslarini chegirma bilan almashtirish mumkin («Спасибо от Сбербанка. Путешествия» saytida). Bonuslarni, shuningdek, tadbirlarga chiptalarni sotib olishda chegirmalarga almashtirish mumkin — xizmat «Спасибо от Сбербанка. Впечатления» saytida mavjud.
Qaysi mamlakatlarga pul o‘tkazish mumkin?
Siz chet ellilar uchun SberKartadan Ozarbayjon, Belarus, Vyetnam, Gruziya, Gonkong, Isroil, Qozog’iston, Qirg’iziston, Latviya, Litva, Makao, Moldaviya, Mug’uliston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Filippin, Chexiya, Estoniyaga pul o‘tkazishingiz mumkin.

Kartani rasmiylashtirish uchun zarur xujjatlar

  1. Federal qonun bilan belgilangan yoki RF ning xalqaro shartnomasi bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat deb tan olingan chet davlat fuqarosining pasporti yoki boshqa hujjat.
  2. Amaldagi migratsion karta.
  3. Viza, migratsion karta yoki patent; ishlash yoki vaqtincha istiqomat uchun ruxsatnoma; istiqomat uchun ruxsatnoma yoki RF da istiqomat qilish huquqini beruvchi boshqa hujjat.

Fuqaroligi yo’q shaxslar quyidagilarni taqdim etishadi:

  • xorijiy davlat tomonidan berilgan va Rossiya Federatsiyasining xalqaro shartnomasiga muvofiq fuqaroligi bo’lmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat sifatida tan olingan hujjat.
  • yashash yoki vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma.
  • federal qonunlarda nazarda tutilgan yoki Rossiya Federatsiyasining xalqaro shartnomasiga muvofiq fuqaroligi bo’lmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar sifatida tan olingan boshqa hujjatlar.

Muhojirlar quyidagilarni taqdim etadi:

  • shaxsni Rossiya Federatsiyasining diplomatik yoki konsullik idorasi yoki immigratsiya nazorati posti yoki migratsiya xizmati hududiy federal ijro etuvchi organi tomonidan berilgan muhojir sifatida tan olish to’g’risidagi arizani ko’rib chiqish to’g’risidagi guvohnoma.
  • muhojirlik guvohnomasi.